AQSHda Tramp tasviri tushirilgan cheklangan pasportlar chiqariladi (+video)
Xorij xabarlari: Koreyada sobiq birinchi xonimga qamoq jazosi, AQSHda Tramp tasvirli pasportlar, Suriyada sud jarayoni boshlandi
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/u93l2oEVOG8" title="AQShda Tramp tasviri tushirilgan cheklangan pasportlar chiqariladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonim Kim Keon-he aksiyalarni manipulyatsiya qilish va poraxo‘rlik bilan bog‘liq ish bo‘yicha apellyatsiya sudi tomonidan 4 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud qaroriga ko‘ra, u treyderlar bilan til biriktirib aksiyalar narxiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatgan hamda hukumatdagi mavqeyidan foydalanib pora olgan. Tergovda uning qimmatbaho sovg‘alar, jumladan Chanel sumkalari va Graff marjonini olgani ham aniqlangan. Kim Keon-he ayblovlarni rad etib, Oliy sudga murojaat qilishini bildirgan.
AQSHda mustaqillikning 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp tasviri tushirilgan maxsus pasportlar chiqarilishi rejalashtirilmoqda. AQSH Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hujjatlar cheklangan miqdorda faqat Vashingtondagi maxsus agentlik orqali beriladi, qolgan pasportlar esa odatiy dizaynda bo‘ladi. Yangi pasportlarda Tramp portreti va oltin rangli imzo joylashtiriladi, orqa sahifalarda esa Mustaqillik deklaratsiyasi tasviri aks etadi. Shuningdek, Tramp imzosi 100 dollarlik banknotlarda ham paydo bo‘lishi mumkin.
Hindistonda Odisha shtatida yashovchi erkak opasining bank hisobidan 211 dollar yechib olish maqsadida uning jasadini bankka olib borgani haqidagi holat jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Erkakdan hujjatlar talab qilingach, u marhumaning jasadi bilan qaytgan. Politsiya aralashuvidan so‘ng holat izohlanib, unga ayblov qo‘yilmagan va keyinchalik hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Suriyada sobiq prezident Bashar al-Asad va uning atrofidagi amaldorlar ustidan sud jarayoni boshlandi. Jarayon sirtdan olib borilmoqda, chunki Asad va uning ukasi mamlakatni tark etgan. Sud dastlabki bosqichda sobiq xavfsizlik xizmati vakillarini ham qamrab olgan bo‘lib, bu «o‘tish davri adolati»ning boshlanishi sifatida baholanmoqda. Keyingi tinglovlar 10-mayga belgilangan.
AQSH prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya qiroli Charlz III bilan uchrashuv chog‘ida protokol qoidalarini buzgani uchun tanqid qilindi. U qirolicha Kamilla bilan norasmiy jismoniy aloqada bo‘lgani, Melaniya Tramp esa qirolichani yuzidan o‘pib salomlashgani qayd etildi. Qirollik protokoliga ko‘ra bunday harakatlar odob doirasiga kirmaydi. Charlz III AQSH Kongressida nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Isroil rasmiylari Livanga hududiy da’volari yo‘qligini bildirgan bo‘lsada, janubiy hududlarda «Hizbulloh»ga qarshi harbiy operatsiyalar davom etmoqda. Evakuatsiya ogohlantirishlari berilgan, ayrim hududlarda havo zarbalari amalga oshirilgan. Tomonlar o‘zaro sulh buzilishida bir-birini ayblamoqda, mintaqada keskinlik saqlanib qolmoqda.
Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov O‘zA