Kai Xaverts Germaniya terma jamoasidagi darvozabonlar bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi
Kim darvozani qo‘riqlashini esa murabbiylar hal qiladi.
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Kia Xaverts Noyerning qaytishi va Bouman haqida fikr bildirdi.
"Manuel Noyer men faoliyatim davomida ko‘rgan eng yaxshi darvozabon sanaladi. Uning darajasi haqida ortiqcha gapirishga hojat yo‘q. Oliver Bouman ham zo‘r darvozabon. U "Xoffenxaym"da ajoyib mavsum o‘tkazdi. Shundan zo‘r kiperlarimiz borligidan xursandmiz. Kim darvozani qo‘riqlashini esa murabbiylar hal qiladi", - dedi Kai.
Germaniya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador bilan kuch sinashadi.