Germaniya terma jamoasi sobiq posboni Manuel Noyer “Bavariya”da qolishi mumkin
Qayd etilishicha, myunxenliklar boshqa darvozabonlarga qiziqish bildirilayotganiga qaramay, asosiy reja Noyerni saqlab qolishdan iborat.
«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer klubda yana bir mavsum qolishi kutilmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni deyarli yakunlagan va kelishuv yakuniy bosqichda.
Qayd etilishicha, myunxenliklar boshqa darvozabonlarga qiziqish bildirilayotganiga qaramay, asosiy reja Noyerni saqlab qolishdan iborat.
Ma’lumot uchun, Noyer 2011-yildan buyon «Bavariya»ning asosiy darvozaboni hisoblanadi va jamoa bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.