Jahon chempionatida 98ta Fransiya tug'ilgan futbolchi ishtirok etadi
Mana buni haqiqiy jahon futbolidagi dominantlik desa bo‘ladi!
Bu yilgi Jahon chempionatida qatnashadigan futbolchilar orasida Fransiyada tug‘ilganlar soni shunchalik ko‘pki, ulardan bemalol 4 ta to‘liq tarkib (zayavka) shakllantirish mumkin.
Mundial ishtirokchilarining naqd 98 nafari Fransiyada dunyoga kelgan. «Uchranglilar» qaydnomasidagi 23 nafar o‘yinchidan tashqari (faqat Maykl Olise, Markus Tyuram va Bris Samba boshqa mamlakatlarda tug‘ilgan), yana 75 nafar fransuz boshqa milliy terma jamoalar sharafini himoya qiladi.
Fransiyada tug‘ilgan legionerlarni quyidagi terma jamoalar tarkibida ko‘rish mumkin:
Jazoir – 13
Gaiti – 12
Kongo DR – 11
Senegal – 10
Kot-d’Ivuar – 8
Tunis – 7
Marokash – 6
Kabo-Verde – 3
Gana – 3
Ispaniya – 1
Misr – 1
Mana buni haqiqiy jahon futbolidagi dominantlik desa bo‘ladi!