Jahon chempionati tarixi. Fransiya-1998
Bu musobaqa 32 ta milliy terma jamoa ishtirok etgan tarixdagi ilk Jahon chempionati sifatida yilnomalardan joy olgan.
Bugungi to‘xtaladigan manzilimiz — Fransiya98.
Bu musobaqa 32 ta milliy terma jamoa ishtirok etgan tarixdagi ilk Jahon chempionati sifatida yilnomalardan joy olgan.Hal qiluvchi final uchrashuvida amaldagi chempion — Braziliya terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etgan mezbonlar o‘z tarixida ilk bor Jahon kubogini boshlari ustida baland ko‘tarishgan.
Turnirning muhim raqam va faktlari:
Ishtirokchilar: 32 ta terma jamoa
O‘tkazilgan o‘yinlar: 64 ta
Urilgan gollar: 171 ta (har o‘yinga o‘rtacha 2,7 tadan)
Umumiy tomoshabinlar tashrifi: 2 785 100 nafar
Ogohlantirish va chetlatishlar: 254 ta sariq, 18 ta qizil kartochka
Turnir qahramonlari va ramzlari:
To‘purar: Davor Shuker (Xorvatiya) — 6 ta gol
Rasmiy to‘p: Adidas Tricolore
Musobaqa Maskoti: Futiks (Footix)
Shohsupa:
Chempion - Fransiya
2-o'rin - Braziliya
3-o'rin - Xorvatiya
Final: Fransiya 3 — 0 Braziliya
