Ispaniyaning AS nashri Abduqodir Husanov borasida jiddiy e’tiborsizlik qildi
AS ushbu suratni Instagram sahifasidan o‘chirib tashladi. Biroq feysbukda hali hamon o‘chirilmagan.
Ispaniyaning mashhur nashrlaridan biri hisoblangan AS jahon chempionatiga bormaydigan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.
E’tiborli tomoni ushbu tarkibdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ham bor. Izohlarda esa ispaniyalik muxlislar hamyurtimizning mundialda ishtirok etishi haqida ko‘plab kommentlar yozilganidan so‘ng AS ushbu suratni Instagram sahifasidan o‘chirib tashladi. Biroq feysbukda hali hamon o‘chirilmagan.

Terma jamoamiz mundialning “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan kuch sinashadi