Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidentining AQShda qo'lga olingani haqidagi xabarlar hech qanday asosga ega emas
AFA FQB tomonidan Klaudio Tapiya qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) JCH–2026 finalidan so‘ng tashkilot prezidenti Klaudio Tapiya AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan qo‘lga olingani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
AFA matbuot xizmati tarqatgan bayonotda OAVda tilga olinayotgan hujjat Tapiyaga yuborilgan sud chaqiruvi emasligi ta’kidlandi.
"Turli nashrlarda tilga olinayotgan hujjat AFA prezidenti Klaudio Tapiyaga yuborilgan sud chaqiruvi emas.
AQSHning Florida janubiy okrugi sudi tomonidan berilgan chaqiruv uchinchi shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lib, u sudga kelishi va ehtimol AFA rasmiylari, jumladan, assotsiatsiya rahbariyatiga oid hujjatlar hamda yozishmalarni taqdim etishi kerak.
Shu sababli Klaudio Tapiya AQSH sud tizimi tomonidan so‘roqqa chaqirilgani, undan mobil telefon yoki boshqa elektron qurilmalar musodara qilingani haqidagi da’volar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Mazkur hujjatda AFA prezidentiga nisbatan hech qanday shaxsiy protsessual choralar, sudga kelish majburiyati, hibsga olish yoki mol-mulkni musodara qilish haqida ma’lumot yo‘q", — deyiladi AFA bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, OAV Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbarining hibsga olingani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Biroq bu mish-mishlar yakunda asossiz bo'lib chiqdi.