Eden Azar: Belgiyadan kutilmalar yuqori, ammo 2018- yoki 2022-yildagidek emas
Ularning asosiy favorit deb hisoblanmasligi, futbolchilarga erkinroq va xotirjam o‘ynashiga imkon beradi.
Belgiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Eden Azar bo‘lajak jahon chempionatida milliy jamoasidan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi.
"Bu terma jamoasi bu guruhda eng kuchlisi ekaniga shubha yo‘q. Ammo birinchi o‘yin har doim qiyin bo‘ladi. Tarkib tajribali va endigina porlab chiqayotgan futbolchilar qorishmasidan iborat. Ularning asosiy favorit deb hisoblanmasligi, futbolchilarga erkinroq va xotirjam o‘ynashiga imkon beradi. Belgiyadan mundialda kutilmalar yuqori, biroq 2018- yoki 2022-yilgidek emas.
Ilgari Garsiya terma jamoada ishlagan va unda yetarlicha tajriba ham bor. U har doim to‘g‘ri gapiradigan hamda juda ajoyib inson. O‘ylaymanki, bu bizga kerak bo‘lgan narsa", - dedi Azar.
Belgiya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Eron, Misr va Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.