De Bruyne: “Enso hali mening darajamga yaqin ham kelgani yo‘q”
Ba’zida odamlar uning transfer narxi va Argentina bilan erishgan yutuqlari sabab Ensoni ortiqcha baholayotgandek tuyuladi.
“Manchester Siti” afsonasi Kevin de Bruyne jamoaning yangi futbolchisi Enso Fernandesni o‘zining vorisi sifatida ko‘rsatishga hali erta ekanini aytdi.
“Muxlislar Fernandesni mening vorisim deyishyaptimi? Menimcha, bu biroz oshirib yuborish. Enso yaxshi futbolchi. Unda mahorat va salohiyat bor, u juda muhim yarim himoyachiga aylanishi mumkin. Ammo ochig‘ini aytsam, u hali men “Manchester Siti”da o‘ynagan darajaga yaqin ham kelgani yo‘q”, — dedi belgiyalik futbolchi.
De Bruyne Ensoning katta transfer summasi unga nisbatan kutilmalarni haddan tashqari oshirayotganini ham ta’kidladi.
“Ba’zida odamlar uning transfer narxi va Argentina bilan erishgan yutuqlari sabab Ensoni ortiqcha baholayotgandek tuyuladi. 125 million funt to‘langani seni avtomatik ravishda jahon darajasidagi yarim himoyachiga aylantirmaydi. U hali ko‘p narsani isbotlashi kerak.
Agar u mening vorisim bo‘lishni istasa, buni maydondagi o‘yini bilan isbotlashi kerak. Mening 17-raqamimni tanlash — boshqa masala, Kevin de Bruyne o‘rnini egallash esa mutlaqo boshqa”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Enso Fernandes avvalroq 17-raqamni tanlashi De Bruyne bilan bog‘liq emasligini aytgandi. Argentinalik futbolchi terma jamoadagi faoliyatini ham aynan shu raqamda boshlagan.