Didye Desham: Fransiya terma jamoasida o‘tkazgan 25-yilim menga boshqalardan ko‘ra ko‘proq ta’sirli o‘tkazdi
achondir bundan-da yaxshi narsani topishimga shubham bor.
Fransiya terma jamoasi ustozi Didye Desham bo‘lajak jahon chempionati haqidagi savollarga javob berdi.
"Mendan terma jamoadan ketganimdan so‘ng nima qilishim haqida so‘ramang. Chunki buni o‘zim ham bilmayman. Lekin hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Fransiya terma jamoasida 25-yil davomida professional faoliyat olib bordim. Shundan 11-yili futbolchi sifatida bo‘lsa, qolgan 14-yili murabbiylik kursisida bo‘ldi. Bu mening hayotimda sodir bo‘lgan eng yorqin hodisa. Qachondir bundan-da yaxshi narsani topishimga shubham bor. Ammo kim biladi balkim hammasi o‘zgarar", - dedi mutaxassis.
Fransiya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya bilan kuch sinashadi.