Didye Desham: Dembele darvozada turadi
Usmon mundialda bizning asosiy futbolchilarimizdan biri bo‘ladi.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham PSJ hujumchisi Usmon Dembele haqidagi savollarga javob berdi.
"Dembelening ro‘limi? U darvozada turadi. Albatta hazil . Biz unga asosiy tarkibdan muhim joy ajratamiz. U maydonda erkinlikka ega bo‘ladi. Bu narsa esa Dembelening o‘ziga ham, hujum frontidagi boshqa futbolchilarga ham kerak. Usmon mundialda bizning asosiy futbolchilarimizdan biri bo‘ladi", - dedi Desham.
Eslatib o‘tamiz, "uchranglilar" jahon chempionatining guruh bosqichida Norvegiya, Senegal va Iroq terma jamoalari bilan kuch sinashadi.