Chim ustida xokkey: Andijon va Toshkent viloyati jamoalari O‘zbekiston chempionatida yetakchi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”ning chim ustida xokkey maydonida erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining 3 va 4-tur bahslari murosasizligi bilan alohida ajralib turdi.
7 ta erkaklar va 6 ta ayollar jamoalari qatnashgan musobaqalarda umumiy hisobda 250 nafarga yaqin mahoratli chim ustida xokkey sport turi ustalari o‘z mahoratini namoyish etdi.

Terma jamoalarga munosib nomzodlarni saralashga qaratilgan o‘yinlar natijasida erkaklar o‘rtasida Andijon viloyati jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Keyingi pog‘onalar Samarqand va Toshkent viloyati vakillariga nasib etdi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyati jamoalari qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA