«Atletiko» Jeydon Sanchoni sotib olishi mumkin
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Sanchoning bozor qiymati €18 mlnni tashkil etadi.
Jeydon Sancho yangi klub izlamoqda. Vinger «Manchester Yunayted»ni tark etdi va ayni paytda erkin agent maqomida.
Manbaga ko‘ra, futbolchini Madridning «Atletiko» klubi ham o‘z safiga qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda. Madridliklar transfer oynasi yopilguniga qadar 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash ehtimolini istisno qilmayapti.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Sanchoning bozor qiymati €18 mlnni tashkil etadi.
Jeydon Sancho o‘tgan mavsumni «Aston Villa»da ijara asosida o‘tkazgan.