«Atletiko» rahbari: «Alvaresni “Barselona”ga sotmaymiz»
Men bosh direktor ekanman, u “Barselona”ga sotilmaydi.
Madridning «Atletiko» klubi bosh direktori Migel Anxel Xil hujumchi Xulian Alvaresning «Barselona»ga ehtimoliy transferi bo‘yicha qat’iy qarorini ma’lum qildi.
«Bosh direktor sifatida xodimlarimiz, aksiyadorlarimiz va direktorlar kengashi qo‘llab-quvvatlashi bilan aytishim mumkinki, yagona qat’iy va yakuniy qarorimiz — “Barselona” bilan muzokara olib bormaymiz.
Men futbol olamida 30 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritaman. Men bosh direktor ekanman, u “Barselona”ga sotilmaydi. Haqiqat shu», — deya Xilning so‘zlarini AS keltirdi.
23-avgust kuni Alvares yangi mavsumda ilk bor «Atletiko» safida maydonga tushdi. Argentinalik futbolchi La Liga 2-turida «Vilyarreal»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Alvaresning qaytishini «Atletiko» muxlislari salbiy qarshi oldi. Uchrashuv davomida stadiondagi ayrim muxlislar futbolchini hushtakbozlik bilan qarshi olishdi.