Antonio Konte: “Messi 39 yoshida ham o‘yinni boshqarishda davom etmoqda”
Leoning eng katta ustunliklaridan biri — uning futbol intellekti.
Italiyalik taniqli murabbiy Antonio Konte JCH–2026da Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining o‘yiniga yuqori baho berdi.
"U yana bir bor barcha kutganlardan ham yuqori saviyada o‘ynadi.
Messi turnirga ajoyib sport formasida keldi va o‘zining professionalligi hamda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini yana bir bor namoyish etmoqda.
39 yoshida ham u jamoasi uchun hal qiluvchi futbolchi bo‘lib qolmoqda.
Leoning eng katta ustunliklaridan biri — uning futbol intellekti. U maydonda nima sodir bo‘layotganini boshqalardan oldin anglaydi va shu sabab doimo eng to‘g‘ri pozitsiyani egallaydi", — dedi Konte.