Lionel Messi Krishtianu Ronalduni taqib etmoqda
Zambiya Messining faoliyatida gol urgan qirqinchi terma jamoaga aylandi.
Argentina terma jamoasi forvardi Lional Messi Zambiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida gol urishning uddasidan chiqdi va terma jamoasi 5:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
"Inter Mayami"ning 38 yoshli futbolchisi uchrashuvda ikkinchi golga mualliflik qildi. Umuman olganda, Zambiya Messining faoliyatida gol urgan qirqinchi terma jamoaga aylandi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord natija Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduga tegishli - u "qizillar" safida 48ta turli terma jamoalar darvozasini ishg‘ol qilishning uddasidan chiqqan. Mart oyida bo‘lib o‘tgan FIFA kunlarini esa portugaliyalik yulduz jarohati sabab o‘tkazib yubordi. Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini 2005-yilda boshlagan va shu vaqtgacha 198ta uchrashuvda ishtirok etib, 116ta gol urishning uddasidan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Messi yetakchiligidagi Argentina Jahon chempionatining "J" guruhida Jazoyir, Avstriya va Iordaniya bilan kuch sinashadi.