Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazina
Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlanmoqda.
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani “Madaniyat markazi”da tuman hokimligi, ma’naviyat bo‘linmasi, madaniyat bo‘limi hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan adabiy-badiiy tadbir ham Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodiga bag‘ishlandi.


Xalqimiz ma’naviy dunyosining yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan ikki buyuk shaxs – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tumandagi 13- va 16-maktablarning ijodkor o‘quvchilari ishtirok etib, ikki ijodkorning hayoti, faoliyati, ijodiy merosi xususida badiiy chiqishlar qildi.
Tadbirda Navoiy va Bobur ijodidan namunalar yoddan aytilib, tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.


O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri