Abbos va Eldor bugun “Galatasaroy”ga qarshi maydonga tushadi
Hamyurtlarimizni oldinda qiyin bellashuv kutib turibdi.
Bugun, 4-sentabr kuni Turkiya Superligasining 4-turida o‘zbekistonlik futbolchilar Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Bashakshehir” o‘z maydonida “Galatasaroy”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
Eldor mavsumni juda yaxshi boshladi — u dastlabki uchta turda 3 ta gol urdi. Abbosbek esa so‘nggi turdagi “Qosimposho”ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan.