Hamyurtlarimiz Konferensiyalar ligasida o‘ynaydi
"Istanbul Bashakshexir" ichki chempionatda 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, xalqaro maydon yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shomurodov va Fayzullayev kelasi mavsumda xalqaro maydonda to‘p tepadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubida to‘p tepayotgan Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev kelasi mavsumda Konferensiyalar ligasida ishtirok etadi. Jamoa ichki chempionatda 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, xalqaro maydon yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bunga sabab esa "Trabzonspor"ning Turkiya kubogida g‘alaba qozonishi bo‘ldi. Shu tariqa, "Trabzonspor" Yevropa ligasi saralash bosqichiga yo‘l oldi, ichki chempionatdan ushbu ligaga ajratilgan o‘rin esa 4-pog‘onada Superligani yakunlagan "Beshiktosh"ga nasib etdi. Endi istanbulliklar Konferensiyalar ligasining pley-off bosqichida harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining yakunlangan mavsumida 22ta gol bilan to‘purarlikni qo‘lga kiritdi.