Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 65 yilligi nishonlandi
Unda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov, markazning turli yillardagi bitiruvchilari, faxriy mehmonlar, taniqli sportchilar, murabbiylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Toshkent shahrida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida markazning tarixi, faoliyati va turli yillarda erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi videolavhalar namoyish etildi. Faxriylar va bitiruvchilar o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashib, jamoaga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur dargohda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari chempion va sovrindorlari, jahon va Osiyo chempionlari, xalqaro musobaqalar g‘oliblari yetishib chiqqan. Bugungi kunda ham markazda iqtidorli yoshlarni saralash va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Marosimda markazning mamlakatimizda olimpiya va paralimpiya sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va ko‘p yillik samarali faoliyati e’tirof etildi.
Shuningdek, sport sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodim O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/hOFmbl-Krtg" title="Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 65 yilligi nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Javohir Toshxo‘jayev,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj),
O‘zA