Bir tashabbus ortidan yuzlab yoshlar taqdiri o‘zgardi (+video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni mamlakatimizning faol va izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi.
Bugun har bir hududda o‘z g‘oyasi va mehnati bilan tengdoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgan yoshlar safi tobora kengaymoqda. Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuv ana shunday tashabbuskor yoshlarning amaliy ishlari va yutuqlarini namoyon etadigan o‘ziga xos maydonga aylandi.
Farg‘ona tumanidagi Obod mahallasi yoshlar yetakchisi Islombek Muhammadjonov “Obod ta’lim” o‘quv markazini tashkil etib, unda 600 nafar tengdoshini zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qitgan.
Yosh tadbirkor mazkur loyiha faoliyatini Germaniyaning nufuzli kompaniyalari bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida global bozorga olib chiqqan. Ushbu samarali tashabbus natijasida Obod mahallasi yoshlar o‘rtasida ishsizlik va jinoyatchilik holatlari kuzatilmaydigan hududlardan biriga aylandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/69cp0sVB_ko" title="Bir tashabbus ortidan yuzlab yoshlar taqdiri o‘zgardi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Marhabo HOJIAKBAROVA, Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA