English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yil aprel — O‘zAda eng muhim voqealar dayjesti
11:07 / 2026-01-05

YIL SARHISOBI

2-aprel.

➖ Yevropa Kengashi Prezidenti Buxoroda tashrif buyurdi.

7-aprel.

➖ “Lochin” futbol klubi professional futbol ligasi aʼzosi boʻldi.

➖ Bekobod tumaniga Zaynilobiddin Nizomiddinov hokim etib tayinlandi.

9-aprel.

➖ Samarqandga yilning birinchi choragida 1,3 millionga yaqin sayyoh keldi.

12-aprel.

➖ Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Xivada boʻldi.

13-aprel.

➖ Oʻzbekiston “Expo Osaka 2025”da ishtirok etdi.

15-aprel.

➖ Oʻzbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiya yigʻilishi.

17-aprel.

➖ Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida grant mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha bitim imzolandi

➖ Samarqandda sanoatchilar forumi boʻlib oʻtdi.

18-aprel.

➖ 17-18-aprel kunlari Toshkent shahrida “Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: Oʻzbekiston uchun xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

➖ Markaziy Osiyo davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

19-aprel.

➖ Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi mamlakatimiz xokkeyi tarixida ilk bora III “B” divizionga yoʻl oldi.

20-aprel.

➖Futbol boʻyicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

21-aprel.

➖ “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

21-22-aprel.

➖Toshkentda Markaziy Osiyo va Koʻrfaz arab davlatlari tahliliy markazlarining ilk forumi boʻlib oʻtdi.

21-aprel.

➖Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatidagi loyihalar ijrosi va tarmoqni diversifikatsiya qilish boʻyicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

23-aprel.

➖Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

23-aprel.

Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqandga keldi

➖“Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida (PQ-149-son, 22.04.2025) belgilandi.

24-aprel.

➖Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvidagi raisligi doirasida tashkil etildi.

➖ Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti — “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

25-aprel.

➖Oʻzbekistonda davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirishga oid yangi loyihaga start berildi

Sijjakda hunarmandlarning qadimiy ustaxonasi topildi

26-aprel.

Xivada “II Turkiy dunyo madaniyati” forumi boshlandi

29-aprel.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi ochildi.

30-aprel.

Andijon viloyati hokimi xalqaro federatsiya prezidenti etib saylandi

30-aprel.

➖Qirgʻizistonda Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻlining eng uzun tunnel qurilishi boshlandi.

Hamroz Bayanov tayyorladi,

OʻzA