JCH-2026: “B” va “S” guruhlarida kutilmagan natijalar qayd etildi
Futbol bo‘yicha XXIII Jahon chempionatining uchinchi kungi bahslarida “B” va “S” guruhlarida birinchi tur o‘yinlari yakunlandi.
“B” guruhida Qatar va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Bir kun avval Kanada hamda Bosniya va Hersegovina jamoalari o‘rtasidagi bahs ham xuddi shu hisobda tugagan edi. Shu tariqa, birinchi turdan so‘ng “B” guruhdagi barcha to‘rtta jamoa hisobida bir ochkodan mavjud. Jamoalar ochkolar va to‘plar nisbati bo‘yicha ham teng ko‘rsatkich qayd etmoqda.

Guruhning ikkinchi tur uchrashuvlari 18-iyun kuni o‘tkaziladi. Unda Kanada — Qatar hamda Bosniya va Hersegovina — Shveysariya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

“S” guruhida esa Braziliya va Marokash terma jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Guruhning ikkinchi bahsida Shotlandiya Gaitini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada Shotlandiya 3 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Braziliya va Marokash bir ochkodan jamg‘arib, keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Gaiti esa ochkosiz qolmoqda.

“S” guruhidagi ikkinchi tur bahslari 19-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Shotlandiya — Marokash va Braziliya — Gaiti terma jamoalari maydonga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA