Janubiy Koreya sobiq bosh vaziriga qo‘llanilgan qamoq jazosi qisqartirildi
Seul apellyatsiya sudi Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Dok Suning qamoq jazosini 23 yildan 15 yilga qisqartirdi.
U 2024-yil dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy etilishiga aloqadorlikda ayblangan edi. Sud qaroriga ko‘ra, jazo sobiq amaldorning davlat xizmatida 50 yildan ortiq faoliyat yuritgani inobatga olingan holda yengillashtirilgan.
76 yoshli Xan Dok Su joriy yil yanvar oyida chiqarilgan dastlabki hukmdan buyon qamoqda saqlanmoqda.
Apellyatsiya sudi quyi instansiya xulosasini o‘z kuchida qoldirgan. Biroq sud hay’ati ish materialida ayblanuvchining “isyonni tashkil etish yoki operatsiyani tizimli boshqarish bo‘yicha faol ishtiroki”ni tasdiqlovchi yetarli dalillar mavjud emasligini qayd etgan.
D.Hakimov, O‘zA