Gonkongdan Pekingacha: Xitoyning bugungi qiyofasi
FOTOREPORTAJ
Xitoy Xalq Respublikasining Gonkongdan Pekingacha bo‘lgan yirik shaharlari va zamonaviy infratuzilmasi aks etgan fotolavhalar mamlakatning bugungi jadal rivojlanish sur’atini yaqqol namoyon etadi.
Gonkong — Sharq va G‘arb madaniyati uyg‘unlashgan, zamonaviy osmono‘par binolari, moliyaviy markazlari va tinimsiz harakati bilan dunyodagi eng yirik megapolislardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Pekin esa qadimiy tarix va zamonaviy davlat boshqaruvi uyg‘unlashgan siyosiy va madaniy markaz sifatida ko‘zga tashlanadi. Shahardagi tarixiy obidalar va yangi arxitektura namunalari mamlakatning o‘tmishi va bugunini uyg‘un tarzda aks ettiradi.
Fotolavhalarda zamonaviy transport infratuzilmasi, tezkor shahar hayoti, iqtisodiy markazlar, shuningdek, tarixiy me’moriy yodgorliklar bir butun tizim sifatida namoyon bo‘ladi.
[gallery-29319]
Qayd etilishicha, Xitoydagi bunday keng ko‘lamli rivojlanish mamlakatning iqtisodiy qudrati, innovatsion salohiyati va global jarayonlardagi faol o‘rnini yanada mustahkamlamoqda.
A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA