AQSH dengiz qamali ortidan Eron neft omborxonalari to‘lib bormoqda
Agar Qo‘shma Shtatlar dengiz qamalini to‘xtatmasa va Eronning eksportiga xalaqit bersa, buning oqibatida Tehron taxminan ikki hafta ichida neft qazib olishni sezilarli darajada qisqartirish qarorini qabul qilishi kerak bo‘ladi, deb yozdi "Financial Times" nashri.
Fransiyaning “Kayrros” ekologik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning neft omborxonalari 51 foizga to‘lgan. Islom Respublikasi kuniga taxminan 1,8 million barrel eksport qiladi. Ta’kidlanishicha, 16 kunlik ishlab chiqarishdan so‘ng, omborxona hajmi pandemiya davridagi 92 million barrel rekordidan oshadi.
Ayrim xorijiy nashrlar manbaalariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda tankerlar Fors ko‘rfaziga kirib, Eronga neftni yuklash va saqlash imkonini berdi. Islom Respublikasi kuniga 3,6 million barrel neft ishlab chiqaradi, uning yarmi ichki bozorga ketadi.
S.Rahimov, O‘zA