YeIda muhojirlar soni rekord darajaga yetdi
"RFBerlin” instituti Migratsiya tadqiqotlari va tahlili markazi hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda Yevropa Ittifoqida migrantlar soni 64,2 millionga yetgan.
Ta’kidlanishicha, 2010-yilda YeIda taxminan 40 million muhojir bor edi. So‘nggi 15 yil ichida bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshdi.
Chet elda tug‘ilgan qariyb 18 million kishi Germaniyada yashaydi, ularning taxminan 72 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar. Ispaniya esa bu masalada eng tez o‘sishni namoyish etmoqda. Faqat 2025-yilda mamlakatdagi migrantlar soni taxminan 700 mingga ko‘payib, 9,5 millionga yetgan.
Xorijiy aholi soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Fransiya (8,5 million), Italiya (6,4 million) va Niderlandiya (2,9 million) bormoqda.
S.Rahimov, O‘zA