O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 dekabrdagi “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Buxoro tumanidagi “Shergiron” mahalla fuqarolar yig‘ini Chor Bakr qishlog‘iga turizm qishlog‘i maqomi beriladigan ro‘yxatga kiritilgan.

Qishloqning turistik imkoniyatlarini o‘rganish va qo‘shimcha turizm namoyish ob’ektlarini tashkil etish, shuningdek, “Turizm qishlog‘i” maqomini olish yuzasidan qonunchilikda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, uchastka noziri bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.  

Jumladan, Chor Bakr ziyoratgohida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari, hunarmandchilik, xonadonlardagi hunarmand xotin-qizlar, qadim uylar, 20 dan ortiq restoranlar, yangi qurilayotgan mehmonxonalar faoliyati o‘rganildi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chor bakr qishlog‘i turizm qishlog‘iga aylantiriladi