Bugungi kunda elektr energiyasi zarurati va undan oqilona foydalanish, arzon, ishonchli, barqaror hamda zamonaviy energetikani joriy etish dolzarb masalaga aylanmoqda.

Shundan kelib chiqib, davlatimiz tomonidan bu borada zarur chora-tadbirlar ko‘rilyapti. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan respublikamiz hududlarida bemalol, to‘siqsiz foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda.  

– Ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan, – deydi viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Zubayda Dushanova. – Qayd qilinishicha, har bir uskunaning quvvati 4,7 MVt, balandligi 97 metr, parraklari har birining uzunligi esa 77 metrni tashkil qiladi. Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 milliard 800 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 1,1 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Bugungi kunda ekologik muammolar sababli gidroelektr stansiyalari hamda issiqlik elektr stansiyalariga muqobil ravishda yashil energetika manbalarining ham yaratilayotganligi kelgusida energiya taqchilligining oldini olish uchun zarur choralardan biriga aylanib ulgurdi. Shu sababli hududlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, quyosh va shamol elektr stansiyalari, kichik gidroelektr stansiyalarning ishga tushirib borilishi samarali yechim bo‘lib xizmat qilishi tabiiy.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda