“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejamkor qurilmalarni joriy etish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, 2024 yil bo‘yicha mazkur tashkilotning tizim korxonalarida energiya resurslarini tejashga qaratilgan 54 ta tadbir tashkil etilgan. Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida 10,35 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi, 45 ming litr quyosh suv isitish qurilmasi, 62 dona chastota rostlash qurilmasi, 2 komplekt energiya tejamkor nasos, 5 400 dona energiya tejamkor lampa o‘rnatildi. 

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodovning ma’lum qilishicha, amalga oshirilgan bu kabi tadbirlar natijasida o‘tgan 5 oyda 25,2 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilingan. 

–Bugunga qadar tizim tashkilotlarida joriy qilingan quyosh fotoelektr stansiyalari 26,7 MVt, quyosh suv isitish qurilmalari 89 ming 200 litr, chastota rostlash qurilmalari 108 dona, energiya tejamkor nasoslar 12 komplekt, energiya tejamkor lampalar 13 ming 235 dona, harakat datchiklari 1 103 dona, gofra panellari 4 696 m2 va quyosh panelli yoritish chiroqlari 1 ming 951 donani tashkil etmoqda. Bu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa joylarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, iste’mol ko‘rsatkichlarini pasaytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va energiya resurslari ta’minoti barqarorligini ta’minlashdir. Aytish joizki, mazkur ko‘rilayotgan choralar hisobiga 2024 yil yakuniga qadar 78,7 million kilovatt soat elektr energiyasi tejalishiga erishiladi, – dedi M.Ibodov. 

Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJda onlayn nazorat qilish dasturi joriy qilingan. U orqali har bir ob’ektda o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalarining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari masofaviy nazorat qilinadi. 

Hozirda mavjud quyosh fotoelektr stansiyalari bo‘yicha jami quvvatlar 26,7 MVtni hamda quyosh suv isitkichlari hajmlari esa 89,2 ming litrni tashkil etadi. Ular orqali bir kunda 160 ming kilovatt soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida “O‘zbekneftgaz” AJning kunlik elektr energiyasi iste’molini 9-10 foiz qisqartirishga erishilyapti. 2024 yil yakuniga qadar mavjud qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 35,2 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
25,2 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilindi 