Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

“Rus dunyosi” nashri Namangan shahrida “Kredo” she’riy teatri hududlar aro jamoat tashkiloti tashabbusi bilan “Russkiy mir” jamg‘armasi ko‘magida “O‘zbekistonda Pushkin uchrashuvlari” forumining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tganini yoritdi. Maqolada Kareliya Respublikasi poytaxti Petrozavodsk san’atkorlari Namanganda rus maktabi qo‘g‘irchoq teatrini yaratish bo‘yicha muvaffaqiyatli ish boshlagani ta’kidlangan.

“Kichik mamlakat” ijodiy markazi direktori Boris Kudryavsev va loyiha rahbari, “Kredo” she’riy teatri aktrisasi Inga Gayevskaya Rossiya madaniyat markazida aktyorlik, sahna nutqi, qo‘g‘irchoq va teatr rekviziti yasash siri bo‘yicha trening o‘tkazishdi. Namangan shahridagi xususiy rus maktabida “Oltin tovuq” spektakli namoyish etildi. Yoshlar “Katyusha”, “Quyoshli olam”, “Antoshka” qo‘shiqlarini xor jamoasi jo‘rligida kuylashdi, Pushkin she’rlari, Krilov masallaridan o‘qib, raqsga tushishdi.

Rossiya delegatsiyasi va Namangan viloyati o‘qituvchilari ishtirokida rus tili va teatr pedagogikasi bo‘yicha intensiv o‘quv kursi o‘tkazish istiqboli muhokama qilindi. Hamkorlar yurtdoshlarimizga “Kareliya xalq ertaklari” o‘quv qo‘llanmasi to‘plamini sovg‘a qildilar.

Rus maktabida “Jonli klassika” ko‘rik-tanlovi saralash bosqichida 1-4-sinf o‘quvchilari “Shoh Sulton haqidagi ertak”, “Ruhoniy va uning ertaklari” asarlarini yoddan o‘qib, mehmonlar olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Kareliya san’atkorlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan birga “Oltin baliq haqidagi ertak” spektakli repetitsiyasida ishtirok etishdi.

Joriy yil oktyabr oyiga belgilangan “O‘zbekistonda Pushkin uchrashuvlari” forumining ikkinchi bosqichi doirasida Aleksandr Sergeevich Pushkin tavalludining 225-yilligiga bag‘ishlangan seminar va konsert dasturlari o‘tkaziladi. Shuningdek, san’at ishqibozlari Namangan shahridagi birinchi rus maktabi qo‘g‘irchoq teatri bolalari, xususiy rus maktabi o‘qituvchilari va Petrozavodsklik rejissyor Boris Kudryavsev tomonidan tayyorlangan, uzoq kutilgan to‘liq metrajli spektaklni ham tomosha qilishadi.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda Pushkin uchrashuvlari. “Kareliya – O‘zbekiston” madaniy ko‘prigi