Yaponiyaning Kobe shahrida davom etayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz medallari soni yana bittaga ko‘paydi.

Bundan biroz avval ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 20.73 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Nurxon o‘tgan yili Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham ushbu yo‘nalishda oltin medal va “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.  

Hozirga qadar O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu jahon birinchiligida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurxon Qurbonova yana jahonda tengsiz bo‘ldi