Shaxmat olimpiadasi g‘oliblari taqdirlanmoqda
Samarqand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali yopilish marosimi boshlandi.
Marosimda FIDE rahbariyati va O‘zbekiston hukumati vakillari, shaxmat olimpiadasi qatnashchilari va nufuzli delegatsiyalar, shaxmat muxlislari ishtirok etmoqda.



Dastlab, olimpiada qatnashchilari FIDEning turli nominatsiyalari bo‘yicha rag‘batlantirilmoqda. Ularga mukofotlar FIDE rahbariyati, nufuzli mehmonlar tomonidan topshirilmoqda.
G‘.Hasanov, A.Mamadaminov (surat), O‘zA