FOTOREPORTAJ
Limonchilikda yurtimizda peshqadamlardan hisoblangan Namangan viloyati Norin tumani omilkorlari endilikda banan yetishtirishga ham jiddiy yondashmoqdalar.
Xalqimiz tomorqa qo‘shimcha daromad manbai ekanini yaxshi anglagan holda yiliga 2-3 marotaba hosil olishni ko‘zlab ish yuritishi natijasida yetishtirilayotgan hosil miqdori ham ortib bormoqda. Mazkur yumushlarga Norin tumanidagi 57 ta mahallada alohida e’tibor qaratilmoqda.
[gallery-16655]
Xususan, tumandagi “Muzaffar olchazori” bog‘dorchilik xo‘jaligida issiqxona sharoitida banan yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.
- Banan ko‘chatlarini yerga qadagach, yarim yildan keyin sekin-asta mevalari yetila boshlaydi. Bahor, yoz oylarida havo harorati isishi tufayli hosil mo‘l va barakali bo‘ladi. Bitta banan daraxti 23-24 kilogacha, donaga hisoblasa, 300-350 tagacha meva berishi mumkin. Mahsulotning xaridorgirligi hisobga olinsa, uning savdosidan kelayotgan daromad ham salmoqlidir, – deydi xo‘jalik rahbari Muzaffar Mo‘minov.
Ayni damda xo‘jalikda banan daraxtlaridagi hosillar pishib yetilish arafasida.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA