Norinda yangilanish sur’ati ortib bormoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Aholi uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yangi Namangan mahallasida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi tubdan yangilanmoqda. Hududda zamonaviy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, savdo ob’ektlari barpo etilib, ular yagona arxitekturaviy yechim asosida shakllantirilmoqda.
Shu bilan birga, mahallada yangi shifokorlik punkti, umumta’lim maktabi hamda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, yosh avlodni zamonaviy bilim va tarbiya bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirayotir.
[gallery-28643]
Norin tumanida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA