1 yanvardan fermer va dehqonlar uchun QQS imtiyozlari kengaytiriladi
Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan dehqon va fermerlarga o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini (g‘alla va paxtadan tashqari) sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i uchun nol stavka qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, mahsulot yetishtirish jarayonida urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i, transport, elektr energiyasi kabi xarajatlar bo‘yicha hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti ham saqlanib qoladi.
Natijada dehqon va fermerlar ixtiyorida yiliga 300 milliard so‘m miqdorida mablag‘ qoladi, shuningdek, qo‘shimcha ravishda 400 milliard so‘mlik soliqni qaytarib olish imkoniyati yuzaga keladi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA