Ziyolilar muloqotida muhim taşabbuslar ilgari surildi
Namangan şahridagi “Maʼrifat maskani”da “Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida viloyat ziyolilari bilan muloqot ötkazildi.
Tadbirda olimlar, professor-öqituvçilar, ijodkorlar hamda turli sohalar vakillari iştirok etdi.
Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov, Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev va boşqalar ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni va masʼuliyati, ilm-fan hamda maʼrifatning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida söz yuritdi.
Muloqotda ziyolilarning ilmiy-intellektual salohiyati va hayotiy tajribasidan samarali foydalaniş, ularning islohotlar jarayonidagi iştirokini kengaytiriş masalalariga eʼtibor qaratildi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-fan, adabiyot va sanʼat ahlini qöllab-quvvatlaş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar qayd etildi.
Iştirokçilar jamiyatda vatanparvarlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, millatlararo totuvlikni taʼminlaş, raqamli taraqqiyot va zamonaviy media makon, fuqarolik özligini şakllantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi. Tarix va milliy xotira, huquqiy tafakkur, davlatçilik anʼanalari hamda maʼnaviy meros mavzulari ham muhokama markazida böldi.
[gallery-32547]
Tadbir dasturidan yettita şöʼbada ijtimoiy-maʼnaviy, iqtisodiy-siyosiy va boşqa dolzarb masalalarni muhokama qiliş, taklif va taşabbuslarni umumlaştiriş örin oldi.
Muloqotda ilgari surilgan taklif va taşabbuslarni “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning respublika yiğilişiga taqdim etiş közda tutildi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA