Zamonaviy alleya foydalanişga topşirildi
Navoiy viloyatining Navbahor tumani Keskanterak mahallasida aholi uçun qulay yaşaş şaroitlarini yaratiş, hudud infratuzilmasini yanada yaxşilaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda aholi bandligini taʼminlaş borasida keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirildi.
Tuman hokimligi taşabbusi bilan “Yangi Özbekiston” qiyofasini şakllantiriş va aholi uçun zamonaviy dam oliş maskanini barpo etiş maqsadida ajratilgan mablağlar hisobidan mahallada qator loyihalar hayotga tatbiq etildi. Natijada hududda 6 ta tadbirkorlik subʼekti faoliyati yölga qöyilib, 40 ga yaqin yangi iş örni yaratildi.

Şuningdek, aholi va mehmonlar uçun 2 kilometrlik zamonaviy piyodalar yölagi, bolalar maydonçasi, ikkita favvora hamda keçayu kunduz faoliyat körsatadigan köça taşkil etildi. Buning natijasida qariyb 10 ming nafar aholi uçun istalgan vaqtda foydalaniş imkonini beruvçi zamonaviy sayr va hordiq çiqariş maskani barpo etildi.

Bolalarning jismoniy faolligini oşiriş va sportga bölgan qiziqişini qöllab-quvvatlaş maqsadida sport maydonçasi, şuningdek, voiş usulida uzum yetiştirişga ixtisoslaştirilgan köça ham taşkil etildi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri