Uç soha – bir tamoyil
“Adolat” SDP Navoiy şahar Kengaşi tomonidan “Halollik marafoni: 3 soha - 1 tamoyil” aksiyasi doirasida mahalla, taʼlim va soğliqni saqlaş muassasalari jamoalari iştirokida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, jamiyatda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlaşga qaratilgan tarğibot tadbirlari taşkil etildi.
“Halollik marafoni: 3 soha - 1 tamoyil” aksiyasining asosiy maqsadi taʼlim, soğliqni saqlaş va mahalla tizimlarida halollik muhitini qaror toptiriş, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş hamda jamoatçilikning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirişdan iborat.

Navoiy şahridagi “Akademik Kids” davlat-xususiy şeriklik asosidagi maktabgaça taʼlim taşkilotida ötkazilgan uçraşuvda taʼlim, soğliqni saqlaş va mahalla tizimlarini korrupsiyadan holi muhitga aylantiriş, uşbu sohalarda oçiqlik, şaffoflik va qonuniylikni taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida halollik, vijdonan iş tutiş, qonunlarga hurmat va adolat tamoyillariga amal qilişning ahamiyati haqida söz yuritildi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlar yoki alohida taşkilotlarning emas, balki har bir fuqaro va butun jamiyatning umumiy masʼuliyati ekani taʼkidlandi.
Ayniqsa, bolalar qalbida yoşlikdan halollik, rostgöylik, özaro hurmat va masʼuliyat kabi yuksak insoniy fazilatlarni şakllantiriş muhimligi qayd etildi. Zero, korrupsiyaga murosasiz munosabat va adolatli jamiyat asoslari, avvalo, oila va taʼlim muassasalaridagi tarbiyadan boşlanadi.

Şuningdek, aksiya doirasida Navoiy şahar OITS markazi jamoasi bilan ham tarğibot uçraşuvi taşkil etildi. Unda soğliqni saqlaş tizimida halollik, kasbiy masʼuliyat, xizmat vazifalarini vijdonan bajariş, fuqarolar murojaatlariga xolisona munosabatda böliş hamda tibbiy xizmat körsatişda şaffoflikni taʼminlaş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda korrupsiya holatlarining oldini oliş, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik, har bir xodimning öz faoliyatida qonun ustuvorligi va kasbiy etika meʼyorlariga amal qilişi muhimligi taʼkidlandi.
Mazkur tadbirlar partiyaning korrupsiyaga qarşi kuraşiş, qonuniylik va adolatni taʼminlaş, jamiyatda yuksak maʼnaviy qadriyatlarni qaror toptiriş borasidagi taşabbuslarini amalga oşirişga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri