Zelenskiy: Qrim köprigiga berilgan zarba misli körilmagan amaliyot
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim köprigiga berilgan zarbani “Rossiya tomonidan Ukraina infratuzilmasiga uyuştirilgan zarbalarga javoban misli körilmagan amaliyot” sifatida taʼrifladi. Uning sözlariga köra, bu voqea bir neça hafta davom etgan amaliyotning yakuniy bosqiçidir.
Taʼkidlanişiça, avval havo mudofaasi tizimi, radar, elektron uruş vositalari va oxiri nişonga olib boradigan boşqa aniq nişonlar bosqiçma-bosqiç yöq qilingan.
– Bugun muhim bosqiçda “Palyanitsa” droni köprikning yöl qismiga zarba berib, namunali iş amaliyotini namoyiş etdi, – deya taʼkidlagan Zelenskiy. – “Neptun” raketasi, “Ruta” va FP-5 droni temir yöl qismini nişonga oldi. “Flamingo” yordamida ham askarlarimiz nazorat ostida zarba yölladi. Aloqa sönggi soniyagaça mukammal işladi.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “köprik tiklanadi va avvalgidan ham yaxşi köriniş oladi” dedi.
Avvalroq, RF Tergov qömitasi Qrim köprigi Ukraina Qurolli kuçlari hujumi natijasida juzʼiy zarar körganini tasdiqlagan edi.
S.Rahimov, ÖzA