Özbekistonda soğlom ovqatlanişni taʼminlaş böyiça yangi yondaşuvlar muhokama qilindi
Aholi soğlom ovqatlanişi nafaqat har bir insonning şaxsiy tanlovi, balki mamlakatdagi agro oziq-ovqat tizimi, davlat siyosati va turli idoralarning birgalikdagi saʼy-harakatiga ham bevosita boğliq.
Bugun Toşkentda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) tomonidan taşkil etilgan milliy seminarda aynan şu dolzarb masala kun tartibiga çiqdi.
Tadbirda davlat muassasalari, BMT agentliklari hamda xalqaro taraqqiyot hamkorlari vakillari iştirok etib, Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistonda amalga oşirilayotgan “Agro oziq-ovqat tizimi nuqtai nazaridan notöğri ovqatlaniş muammosini hal etiş böyiça köp tarmoqli siyosiy tavsiyalar” (FVC/RER/072/MUL) mintaqaviy loyihasi yakuniy bosqiç natijasini sarhisob qildilar.
Notöğri ovqatlaniş bilan boğliq turli holatlarning oldini oliş va jamoat salomatligini mustahkamlaş uçun aholi töyimli, xavfsiz va xilma-xil mahsulotdan foydalanişi imkoniyatini kengaytiriş zarur. Anjumanda taʼkidlanganidek, bu jarayon birgina soğliqni saqlaş yoki qişloq xöjaligi sohasi vazifasi emas. Qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, oziq-ovqat xavfsizligi, taʼlim va ijtimoiy rivojlaniş tuzilmalari örtasida uzviy hamkorlik yölga qöyilgandagina, kutilgan samaraga erişiş mumkin.
[gallery-32585]
Ayni payt FAO Özbekistonda ovqatlaniş masalasini milliy siyosatga integratsiya qilişga kömaklaşmoqda. Xususan, oziq-ovqat tizimiga asoslangan soğlom ovqatlaniş böyiça tavsiyalar (Food Systems-Based Dietary Guidelines) işlab çiqiş qöllab-quvvatlanmoqda. Bunday yondaşuv ilmiy dalillarni aholining kundalik isteʼmol odatiga taʼsir etuvçi kengroq işlab çiqariş va taʼminot zanjiri bilan boğlaşga xizmat qiladi.
Muloqot davomida FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy byurosi oziq-ovqat xavfsizligi va isteʼmolçilar huquqini himoya qiliş böyiça mutaxassisi, loyihaning yetakçi texnik mutaxassisi Meri Kenni, taşkilotning mamlakatimizdagi vakili yordamçisi Şerzod Umarov hamda oziq-ovqat tizimi va ovqatlaniş böyiça xalqaro ekspert Kristina Lopriore loyiha doirasida erişilgan asosiy natijalar va kelgusidagi ustuvor yönalişlar yuzasidan öz taqdimotlari bilan iştirok etdi.
Tadbirda mintaqaviy loyiha yakunlanişi arafasida şakllangan bilim, işlab çiqilgan ilmiy-amaliy tavsiya va yölga qöyilgan institutsional hamkorlikdan samarali foydalaniş zarurligiga urğu berildi.
Seminar yakunida taşabbus doirasida erişilgan natijalarni milliy ustuvor yönalişlarga yanada çuqur singdiriş, loyiha yakunlangandan keyin ham işning davomiyligini taʼminlaş masalalari kelişib olindi. Milliy manfaatdor tomonlar örtasidagi izçil muloqot kelgusida aholining ozuqaviy ehtiyojiga töliq javob beradigan barqaror agro oziq-ovqat tizimini şakllantiriş uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qilişiga işonç bildirildi.
Fardona Yaxşiboyeva,
Otabek Mirsoatov (surat), ÖzA