“The Economist” 2027-yil uçun taxmin eʼlon qildi
Britaniyaning “The Economist” jurnali 2027-yil bölib ötadigan muhim global voqealar taxmini jamlangan anʼanaviy yillik sonini çop etdi.
Xalqaro siyosat sohasiga oid uşbu naşr mutaxassislari Tramp davrining “quyoşi botib borayotgani”ni başorat qilgan. Taʼkidlanişiça, uning harakati, jumladan yangi harbiy sarguzaşt yanada tajovuzkor tus olyapti.
Xitoy Tayvanga qarşi harbiy amaliyotga tayyorgarlik köryapti. Aniqroği, Si Szinpin armiyaga 2027-yil orolni egallab oliş uçun tayyor turişni buyurgan. Şuningdek, Marin Le Pen Fransiya saylovida ğalaba qozonişi Yevropa Ittifoqini talvasaga solişi qayd etilgan.
Iqtisodiy bölim rivojlangan mamlakatlar daromadidan köproq pul sarflaşda davom etişi tufayli yuzaga keladigan yirik global qarz inqirozi xavfidan ogohlantirmoqda. Sunʼiy intellekt kompaniyalari esa qarzga botib borayotgani va bozor yemirilişi xavfi ortayotganiga ham urğu berilgan.
Şarhning iqlim qismi 2027-yil rekord darajada issiq kelişi mumkinligi, örmon yonğini, qurğoqçilik va favqulodda harorat çözilişidan darak beradi. Tibbiyot va biologiya texnologiyasi yönalişida vazn yöqotiş va qarişga qarşi dori vositalari ommalaşişi kutilyapti.
S.Rahimov, ÖzA