Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 139 nafar ilk bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizda milliy musiqa san’ati, ayniqsa maqom rivoji borasida ko‘plab ibratli tashabbuslar ilgari surilayotgani alohida e’tirof etildi.   

–Yangi O‘zbekistonda mumtoz musiqa, ayniqsa, maqom va baxshichilik san’atiga qaratilayotgan e’tibor misli ko‘rilmagan darajada ekanini alohida ta’kidlash zarur, – dedi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov.– Ushbu ta’lim maskanini tamomlab, mamlakatimiz musiqiy hayotiga yangi “qon” bo‘lib qo‘shilayotgan, milliy ruhda tarbiya topgan bitiruvchi-talabalarga 4 yillik mehnatlari natijasi sifatida bakalavr hamda magistr darajalaridagi diplomlarni tantanali ravishda topshirar ekanmiz, milliy musiqa san’ati borasida olib borilayotgan islohotlarni targ‘ib etish, mumtoz musiqa san’atimizni dunyo miqyosida tanitish, sharqona musiqiy qadriyatlarimizni keyingi yosh avlodlarga yetkazish kabi vazifalarni sidqidildan bajarasizlar deb umid qilamiz.   

Tantanali tadbirda shuningdek, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Madaniyat markazi administratori Yusif Mamedov hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi ta’lim markazi direktori Pang Chu Man institut bitiruvchi-talabalarga muvaffaqiyat tiladi.   

Aytish kerakki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu oliy o‘quv dargohini 139 nafar yosh bitirib chiqdi. Institut talabalari mamlakatimizdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, musiqiy kechalar, ijodiy loyihalarda faol ishtirok etayotgani e’tiborga molikdir.   

Tadbir yakunida 2023/2024 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi. Unda taniqli san’atkorlar va institutning talaba-yoshlari tomonidan o‘zbek milliy musiqa san’atining sara namunalari ijro etildi.  

N.Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining ilk qaldirg‘ochlari