Milliy musiqaşunoslikka bağişlangan umr
Ustoz ijodkor Otanazar Matyoqubov milliy maqom sanʼatimizning, umuman musiqa dunyosining bilimdoni, zahmatkaşlaridan biri sanaladi. Özbekiston davlat konservatoriyasida professor, sanʼatşunoslik fanlari nomzodi Otanazar Matyoqubovning 80 yillik tavallud sanasiga bağişlangan ilmiy-ijodiy uçraşuv taşkil etildi. Mazkur tadbir konservatoriyada ustozlar yubileylariga bağişlab ötkazilayotgan «Ilm va ijod uyğunligi» xalqaro ilmiy-ijodiy anjumanlar festivali doirasida bölib ötdi.
Anjumanning asosiy eʼtibori olimning milliy musiqa madaniyatini örganiş va tarğib etiş yölidagi köp yillik faoliyati, ilmiy kaşfiyotlari hamda şogirdlar tarbiyasiga qöşgan hissasiga qaratildi.
Uçraşuvni konservatoriyaning öquv işlari böyiça prorektori Farhod Abdullayev oçib, Otanazar Matyoqubovning özbek musiqa sanʼati tarixidagi örni haqida söz yuritdi. Ustozning maqom sanʼati, musiqa nazariyasi va milliy musiqa taʼlimini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari, şuningdek, bir neça avlod mutaxassislarining kamol topişiga qöşgan hissasi eʼtirof etildi. Tadbir yakunida Konservatoriya rahbariyati nomidan olimga esdalik sovğalari taqdim qilindi.


Sanʼat namoyandalari, musiqaşunoslar va soha vakillari professorning ilmiy faoliyatiga oid maʼruzalar bilan qatnaşdi. Suhbatlar davomida uning maqomşunoslik, Şarq musiqa nazariyasi va anʼanaviy ijroçilik merosini tadqiq etişdagi izlanişlari, ilmiy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Otanazar Matyoqubov 1946-yilda tuğilgan. Uning nomi, avvalo, özbek maqom sanʼati va Şarq musiqa nazariyasini ilmiy jihatdan örganiş bilan boğliq. Olimning yarim asrdan ortiq mehnat faoliyati Özbekiston davlat konservatoriyasida keçgan bölib, bu davrda u ilmiy tadqiqotlar bilan bir qatorda pedagogik faoliyatni ham olib bordi.
Uning ilmiy izlanişlari natijasida 200 ga yaqin maqola respublika va xorijiy naşrlarda çop etildi. «Oğzaki anʼanadagi professional muzika asoslariga kiriş» (1983), «Farabi ob osnovax muziki Vostoka» (1987), «Maqomot» (2004), «Dodekagramma» (2005), «Buxoro Şaşmaqomiga yana bir nazar» (2012) kabi kitoblari musiqaşunoslik sohasida muhim tadqiqotlar sifatida eʼtirof etiladi.

Olimning ikki jilddan iborat «Uzbekskaya klassiçeskaya muzika» (2015) asari hamda Xorazm musiqa merosini örganişga bağişlangan «Xorazm tanbur çiziği» (R. Boltayeva va H. Aminov bilan hammualliflikda, 2010), «Xorazm dutor maqomlari va olti yarim maqomi», «Istoki i prinsip Xorezmskoy tanburnoy notatsii» (2018) kabi kitoblari ham uning köp qirrali ilmiy faoliyatidan dalolat beradi.
Otanazar Matyoqubovning tadqiqotlari mamlakatimiz doirasidan taşqarida ham qiziqiş uyğotgan. Amerikalik etnomuziqaşunos Teodor Levin bilan hamkorlikda yaratilgan «The Hundred Thousand Fools of God. Musical Travels in Central Asia» (Nyu-York, 1996) va «Besedi s Ilyasom» (Nyu-York, 2009) kitoblari olimning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi işlari sirasiga kiradi.
Uning milliy madaniyat va sanʼat rivojiga qöşgan hissasi turli yillarda davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan eʼtirof etilgan. 2022-yilda «Mehnat faxriysi» I darajali kökrak nişoni bilan mukofotlangan olim joriy yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq «Mehnat şuhrati» ordeniga ham sazovor böldi.
Konservatoriyada ötkazilgan uşbu anjuman nafaqat ustozning hayot yöli va ilmiy merosini yodga oliş, balki uning tadqiqotlari, qaraşlari va tajribasini yangi avlod musiqaşunoslariga yetkaziş uçun ham muhim muloqot maydoni böldi. Zero, milliy musiqa tarixini örganiş va uning boy anʼanalarini kelajak avlodga yetkazişda Otanazar Matyoqubov kabi fidoyi olimlarning mehnati alohida ahamiyatga ega.
N.Usmonova,
ÖzA