Ta’lim sohasidagi islohotlar jarayonida fanlar bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlarga keng imtiyozlar berilmoqda.

Ma’lumki, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga faqatgina B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat egalari topshirishga haqli.

Shuningdek, mazkur sertifikat egalariga test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilishi nazarda tutilgan.

Amaliyotda maktab bitiruvchilarining aksariyati (qo‘shimcha darslarga qatnashishni hisobga olgan holda) chet tillarini (ingliz, rus, fransuz, nemis va boshqa) B1 darajada o‘zlashtirmoqda. Bu esa OTMlarga kirishdagi talabdan past.

Ma’lumotlarga ko‘ra, OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant o‘rinlari 19 ming 279 tani tashkil etgan. Shundan qariyb 1000 tasi filologiya va tillarni o‘qitish, tarjima nazariyasi va amaliyot hamda xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishlariga tegishlidir.

Yoshlarning oliy ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish borasida umumiy ta’lim muassasalarida chet tiliga o‘qitish darajasi OTMlarga o‘qishga qabul qilishdagi chet tiliga qo‘yilgan talabga mutanosibligini ta’minlash va mazkur masalani yoshlar manfaati yo‘lida hal etish bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputati Sayyora Imomova tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimovaga deputatlik so‘rovi yuborildi.

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning oliy ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi