Joriy yil 24 may kuni «Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

Mazkur farmonning mohiyati, xususan, oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish va davlat granti ajratish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Farhod Mirzayev o‘z fikrlarini bildirdi.

– Prezident farmoni bilan yurtimizda 2024-2025 o‘quv yili qabulidan boshlab davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik berilishi belgilandi. Bu, o‘z navbatida, yaqin kelajakda ushbu sohalarda malakali kadrlarning tayyorlanishiga zamin yaratadi.

Shuningdek, davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra, amalga oshirilishi belgilandiki, bu yuqori ball to‘plagan, bilimli yoshlarning davlat granti asosida ta’lim olishiga imkon beradi.

Farmondagi muhim yangiliklardan yana biri 2025 yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4 yillik davr uchun tasdiqlanishidir.

Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga davlat granti ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratiladi. Bunda ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant qonunchilikda belgilangan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilinganlarga hamda tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi. Ta’lim granti esa davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan talabalar uchun ajratiladi.

Farmonda kadrlar tayyorlash sifatiga ijobiy ta’sir qiladigan yangiliklardan biri 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratilishidir. Ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga beriladi. Ikkinchi va undan keyingi kurslarda esa yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi.

Ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga esa davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi. Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Ma’lumki, amalda OTMga kirish imtihonlarida tanlovda ishtirok etishning minimal o‘tish bali barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun bir xil hisoblanadi. Qabul qilingan farmonga ko‘ra davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish bali tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining oldingi o‘quv yilidagi o‘rtacha o‘tish ballarini hisobga olgan holda Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Bundan tashqari, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning darajalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Amalda ikki xil darajada sertifikat talabi mavjud bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra quyidagi darajalardagi sertifikatlar talab etilishi belgilandi.

Xususan, xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida, gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida, boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.

2024/2025 o‘quv yili qabulidagi muhim yangiliklardan biri – davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar «avval test, so‘ng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishidir. Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

Ma’lumki, o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Barcha davlat kollej va texnikumlariga «avval test, so‘ng tanlov» tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

Shu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, professional ta’lim muassasalari uchun alohida test sinovi o‘tkazilmaydi.

So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan yoshlarning xorijiy tillarini o‘rganishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu jihatdan, mazkur farmonda 2025-2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilishi belgilandiki, bu yoshlarning xorijiy tillarni yanada chuqurroq egallashlariga imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, farmon bilan imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar Davlat komissiyasining qaroriga asosan ta’lim shaklidan qat’i nazar, ro‘yxatdan o‘tishda imtiyoz amal qiladigan doirada tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bundan tashqari, alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar ular uchun ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida, tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Lekin mazkur talab nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda "Mehribonlik" uylari, bolalar shaharchalari, SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan yetim bolalar, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) uchun tatbiq etilmaydi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yuqoridagi farmonning qabul qilinishi oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

O‘zA muxbiri Abdulaziz RUSTAMOV yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlar eshigi yanada keng ochildi