Yoşlar nufuzli universitetlardagi taʼlim imkoniyatlari bilan tanişdi
Buxoro şahrida «Taʼlim va kasb – 2026» xalqaro taʼlim körgazmasi bölib ötdi. Unda mamlakatimiz hamda Yevropa va Osiyoning qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari vakillari, soha mutaxassislari, öquvçi-yoşlar va talabalar iştirok etdi.
Körgazma yoşlarni mahalliy va xorijiy universitetlarda taʼlim oliş imkoniyatlari, xalqaro taʼlim dasturlari, zamonaviy kasblar hamda mehnat bozoridagi yangi tendensiyalar bilan taniştirişga qaratildi.
Tadbirda universitetlar vakillari taʼlim yönalişlari, qabul jarayonlari, öqiş şartlari, stipendiya va grant dasturlari hamda akademik almaşinuv imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. Yoşlar özlarini qiziqtirgan oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan bevosita muloqot qilib, savollariga javob oldi.
Körgazma doirasida Buyuk Britaniyaning Lankaster universiteti tomonidan ingliz tilida «Cyber Heroes» mavzusida maʼruza taşkil etildi. Unda raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlikka oid dolzarb masalalar yoritildi.
Yoşlarning xorijiy tillarni örganişi, zamonaviy bilim va kasbiy könikmalarni egallaşi xalqaro taʼlim imkoniyatlaridan samarali foydalanişda muhim ahamiyatga ega. Körgazmada taqdim etilgan dasturlar va mutaxassislar tavsiyalari iştirokçilarga taʼlim yönalişi hamda kasb tanlaş borasida zarur maʼlumotlar oliş imkonini berdi.
[gallery-32555]
Maktab, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari öquvçilari, şuningdek, talabalar turli universitetlarning taʼlim dasturlari va qabul talablari bilan tanişib, kelgusi öqiş va kasbiy faoliyatiga oid rejalari yuzasidan maslahat oldi.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA