Sanoat taraqqiyotini malakali kadrlar belgilaydi
Prezident taşrifidan söng...
Mamlakat sanoati qançalik kuçli ekanini faqat işlab çiqariş hajmiga qarab aytib bölmaydi. Qanday texnologiyalar özlaştirilyapti, mahsulotga qança qiymat qöşilyapti, u jahon bozorida xaridorini topa olyaptimi – asl mezon şu.
Elektrotexnika sanoati esa iqtisodiyotning köplab yönalişlari bilan uzviy boğliq. Energetika, transport, quriliş va axborot texnologiyalarida qöllaniladigan asosiy uskuna va qurilmalar aynan şu sohada işlab çiqariladi. Şu bois uşbu tarmoqning rivoji boşqa sohalarning ham texnologik imkoniyatlarini kengaytiradi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni Yuqori Çirçiq tumanida elektrotexnika sanoati tadbirkorlari va xorijiy investorlar bilan uçraşuv ötkazgan edi. Muloqotda işlab çiqarişni kengaytiriş bilan çeklanmay, zamonaviy texnologiyalarni özlaştiriş, yangi mahsulotlar yaratiş va eksportni oşiriş masalalari muhokama qilinib, tarmoqning kelgusi ustuvor yönalişlari belgilab berildi.
Darhaqiqat, belgilangan bu vazifalarni amalga oşiriş va zamonaviy sanoatni rivojlantiriş, avvalo, malakali muhandislarga boğliq. Çunki işlab çiqarişga yangi uskunalarni olib kirişning özi yetarli emas. Ularni samarali boşqariş, texnologiyalarni takomillaştiriş va yangi mahsulotlar yaratiş uçun çuqur bilim hamda tajribaga ega mutaxassislar zarur.

– Davlatimiz rahbarining elektrotexnika sanoati tadbirkorlari va xorijiy investorlar bilan uçraşuvida eʼtiborimni tortgan eng muhim masalalardan biri ilm-fan va taʼlimning sanoat rivojidagi örni böldi, – deydi Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Şavkat Ayupov. – Aslida, elektrotexnika sanoati misolida körganimizdek, qaysi soha bölmasin, ilm-fan va izlanişlarsiz yuqori natijalarga erişiş qiyin. Masalan, Xitoy tajribasini olaylik, muloqotda uşbu mamlakat byudjetining 40 foizini ilm-fanga yönaltirayotgani qayd etildi. Sir emaski, uning bugungi texnologik taraqqiyoti zamirida aynan ilmiy salohiyat va izlanişlar turibdi. Demak, biz ham barça sohalar rivojini ilm-fan bilan boğlaşimiz, buning uçun esa, avvalo, malakali mutaxassislar tayyorlaşimiz kerak.
Şu örinda aytiş joizki, bugun oliy taʼlim muassasalarini tamomlayotgan ayrim muhandislar zamonaviy texnologiyalar bilan işlaş uçun yetarli bilim va amaliy könikmaga ega emas. Korxonalar esa ularni yana qayta öqitişga majbur bölmoqda. Tabiiy savol tuğiladi, davlat talabalarni şunça yil davomida öqitganidan keyin nega işlab çiqaruvçilar ularni yana qayta tayyorlaşi kerak? Bu holat oliy taʼlimdagi öquv dasturlari va öqitiş usullarini qayta körib çiqiş zarurligini körsatadi.
Şu bois Prezidentimiz oliy taʼlim muassasalari rektorlari oldiga aniq vazifalar qöydi. Endilikda öquv dasturlari zamonaviy işlab çiqariş talablariga moslaştirilişi, talabalar nazariy bilim bilan birga yetarli amaliy tajriba ham orttirişi lozim. Zero, bizga şunçaki diplomli muhandislar emas, balki zamonaviy texnologiyalarni puxta biladigan, işlab çiqariş jarayonini boşqaradigan va yangi texnik yeçimlar taklif qila oladigan mutaxassislar kerak.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, hozirda mamlakatimizdagi texnika oliygohlarining 20 nafar talabasi va tadqiqotçisi Koreyadagi elektronika korxonalarida tahsil olmoqda va amaliyot ötamoqda. Yaqin vaqt içida ularning sonini 100 nafarga yetkaziş közda tutilgan.
Kelgusi yildan esa “1 ming muhandis-konstruktor” dasturiga start beriladi. Uşbu dastur doirasida mahalliy mutaxassislar Koreya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Yevropa mamlakatlarida malaka oşiradi. Şuningdek, xorijiy kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan yuqori malakali vatandoşlarimizni ham yurtimizga jalb qiliş çoralari köriladi.

Mutaxassislar tayyorlaş bilan bir qatorda, yangi texnologiyalarni yaratiş va işlab çiqarişga joriy etiş uçun zarur infratuzilma va şaroitlar ham kengaytiriladi. Jumladan, Nurafşon şahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” taşkil etiladi. Bu yerda robototexnika, elektronika va texnologik uskunalar işlab çiqaruvçi korxonalar faoliyat yuritadi. Ularga IT Park rezidentlari uçun belgilangan imtiyozlar taqdim etiladi, zarur xomaşyo va butlovçi qismlar importi esa bojxona tölovlaridan ozod qilinadi.
Bu taşabbuslarning barçasi yagona maqsadga – elektrotexnika sanoatini yuqori texnologik va raqobatbardoş tarmoqqa aylantiriş, pirovardida esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror ösişini taʼminlaşga qaratilgan.
Marhabo HOJIAKBAROVA,
ÖzA