Yoshlar Konstitutsiyamizni o‘rganmoqda
Jizzax pedagogika kollejida 1 ming 474 nafar o‘quvchi boshlang‘ich ta’lim, maktabgacha ta’lim, musiqiy ta’lim, jismoniy tarbiya va bolalar sporti, maktab va sinfdan tashqari to‘garaklar ishi tashkilotchisi, arxivshunoslik kabi yo‘nalishlarda saboq olmoqda.
Jizzax pedagogika kollejida 1 ming 474 nafar o‘quvchi boshlang‘ich ta’lim, maktabgacha ta’lim, musiqiy ta’lim, jismoniy tarbiya va bolalar sporti, maktab va sinfdan tashqari to‘garaklar ishi tashkilotchisi, arxivshunoslik kabi yo‘nalishlarda saboq olmoqda.Ta’lim maskanida yoshlar bilim va kasb mahoratini puxta egallashi uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘quv va amaliy mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligi munosabati bilan kollejda o‘tkazilayotgan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Siz qonunni bilasizmi?” zakovat musobaqalarida yoshlar faol ishtirok etmoqda.