Ivan Abdulhaq Siyoniy: Italiyada Termiziylarga qiziqiş oşmoqda
Termiz şahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Hakim Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzuiga bağişlangan xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi.
Prezidentimizning joriy yil 24-iyuldagi “Buyuk vatandoşimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq taşkil etilgan anjumanda Misr, Malayziya, Indoneziya, Italiya, Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq taniqli islomşunos olim va ulamolar, ilmiy tadqiqotçilar, mamlakatimizning davlat va jamoatçilik vakillari, taniqli islomşunoslar, oliy taʼlim va ilmiy muassasalar mutaxassislari qatnaşmoqda.
Anjuman iştirokçilari Prezidentimiz taşabbusi bilan ötmişda yurtimizda yaşab, islom dini rivojiga munosib hissa qöşgan olimlar, şu jumladan, buyuk termiziylarning ilmiy asarlarini tadqiq etişga qaratilayotgan yuksak eʼtiborni alohida eʼtirof etmoqda.

Mohd Şahir Bin Haşim, Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti tadqiqotlar bölimi ilmiy xodimi:
Mamlakatimizda Termiziylar merosini örganişga katta iştiyoq bor. Talabalar qiziqiş bilan taʼlim oladi. Lekin, aksariyat hollarda Imom Termiziyni tanlab, ul zotni çuqur örganişga intiladi. Hakim Termiziy biz uçun islom taʼlimotining yangi sahifasi. Allomani köpçilik yaxşi bilmaydi. Vaholanki, olimning инсон ruhiyati, maʼrifat, axloq, nafs tarbiyasi kabi mavzudagi taʼlimoti hozirgi yoşlar tarbiyasida ham muhim örin tutadi. Bugun buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligiga bağişlangan ilmiy anjumanda qatnaşayotganimdan juda mamnunman. Şuʼba yiğilişida “Hakim Termiziyning tasavvuf merosi: axloq, maʼrifat va komil inson konsepsiyasi” mavzuida maʼruza qildim. Anjumanni taşkil etiş ğoyasini ilgari surgan Prezident Şavkat Mirziyoyev va barça taşkilotçilarga minnatdorlik bildiraman. Bunday tadbirlar buyuk mutafakkirlarni dunyoga keng tarğib qilişga kömaklaşadi.

Ivan Abdulhaq Siyoniy, Paduya universiteti ilmiy tadqiqotçisi (Italiya):
Italiyada ham islom olamining yetuk namoyandalariga katta qiziqiş bilan qaraladi. Ayniqsa, islomşunos olim Dmitriy Jordanining Termiziylar haqida olib borgan izlanişlari tahsinga sazovordir. Yaqinda olim Hakim Termiziyning ajoyib asarlarini italyan tiliga tarjima qilib, çop ettirdi. Naqşbandiya tariqatini ham yaxşi örgangan olim. Bizga magistraturada Imom Termiziy va Hakim Termiziy meroslari yaxşi örgatilgan. Ayni paytda söfiylik va Ahmad Ibn Idris taʼlimoti haqida ilmiy izlaniş olib boryapman. Uşbu konferensiyada Termiziylar haqida yangi maʼlumotlarga ega bölib, ularning ilmiy merosiga qiziqişim yanada oşdi.

Muzaffar Joniyev, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori:
Prezidentimizning joriy yil 24-iyuldagi “Buyuk vatandoşimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida ötkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanga yevropalik olimlarning qiziqiş bildirgani ham uluğ ajdodimiz merosiga dunyo hamjamiyatida katta ehtiyoj borligiga dalolatdir. Tuproğidan ilm hidi keladigan yurtda yaşagan alloma bundan qariyb 1 ming 200 yil ilgari özining psixologik taʼlimoti bilan insonning içki ruhiy olami, ong va hissiyotlari örtasidagi muvozanatni çuqur tahlil qilib, oçib bergani xorijliklarning eʼtiborini tortmoqda. Inson ruhiyati va qalbi, maʼrifat, axloq, nafs tarbiyasi, ilm va maʼnaviy kamolotga oid qaraşlari hozirgi fikrlar xilma-xilligi davrida ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Konferensiyaning yalpi majlisi va şuʼba yiğilişlarida ham şu haqda atrofliça fikr almaşildi.
Ilmiy anjuman Termiziy allomalarning boy ilmiy-maʼrifiy anʼanalarini xalqaro hamjamiyatga yanada keng tanitib, Özbekistonning islom tamadduni rivojiga qöşgan tarixiy hissasini namoyon etgani, mamlakatimizda buyuk allomalar merosini örganib, tarğib qiliş yuzasidan amalga oşirilayotgan ezgu işlarga xalqaro hamjamiyat eʼtiborini qaratişga xizmat qilgani bilan yanada ahamiyatli böldi. Hakim Termiziy ilmiy merosini örganiş va tarğib etiş, ilmiy tadqiqotlar kölamini kengaytirib, xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaşga, kelgusidagi özaro hamkorlik yönalişlarini belgilaşga qaratilgan taklif va tavsiyalar işlab çiqildi. Ilmiy xodimlarimizni ruhlantirib, yangi izlanişlarga çorladi. Termiziy allomalar hayoti va ilmiy merosini örganişga qaratayotgan yuksak eʼtiborlari uçun Prezidentimizdan minnatdormiz.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri